<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" /> Ushbu darsda YuQTK skriningi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jurnallarni ko‘rish jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> E’tibor bering, "051 Oila hamshirasining kundalik faoliyati jurnali" jurnaliga faqat amaliyotchilarning qabullari to‘g‘risidagi yozuvlar, "051-1 Patronaj hamshirasining kundalik faoliyati jurnali" jurnaliga esa patronaj hamshiralarining yozuvlari tushadi.
Yana shuni ta’kidlash joizki, "051 Oila hamshirasining kundalik faoliyati jurnali"ni "Direktor" va "Shifokor" rollariga ega xodimlar ko‘rishi mumkin, "051-1 Patronaj hamshirasining kundalik faoliyati jurnali"ni esa faqat "Direktor" ko‘rishi mumkin.
</aside>
Jurnalni ko’rish uchun:
Hujjat-jurnallar bo’limiga o‘ting:
Shundan so‘ng bi.dmed.uz’ning alohida sahifasi ochiladi:
"Dashbordlar" blokida "Hammasini ko‘rish" tugmasini bosing:
Misol tariqasida, "051-1 Patronaj hamshirasining kundalik faoliyati jurnali"ni toping va unga bosing:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Kerakli jurnalni topish uchun uni qo‘lda qidirishingiz yoki qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin (yuqorida ko‘rsatilganidek). Shuningdek, yulduzcha belgisini bosish orqali jurnalni saralangan ro‘yxatiga qo‘shish imkoniyati ham mavjud:
Shundan so‘ng, ushbu jurnalni BI bosh sahifasidagi "Saralangan" bo‘limida topish mumkin:
</aside>
"Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi" ustunida skrining natijalari ko‘rsatiladi. Agar skrining o‘tkazilmagan bo‘lsa, bemorning ustunida chiziqcha ko’rsatiladi:
Zarurat tug‘ilganda, jurnaldagi yozuvlarni saralash uchun "Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi darajasi" filtridan foydalanishingiz mumkin:
Keyin esa "Qo‘llash" tugmasini bosing:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Bundan tashqari, quyidagi filtrlar mavjud:
Sana
Bemorning F.I.O.
MED ID (Tibbiy karta raqami)
Yosh
Jins
Tana/vazni indeksi
Sistolik bosim
QD xavfi darajasi
Xodimning F.I.O. </aside>
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
"051 Oila hamshirasining kundalik faoliyati" va "051-1 Patronaj hamshirasining kundalik faoliyati" jurnallari avtomatik tarzda shakllantirilib, ulardagi ma’lumotlar har kuni yangilanib borilishiga e’tiboringizni qaratamiz. Ya’ni, joriy kun uchun ma’lumotlarni jurnalda faqat ertasi kuni ertalab ko‘rishingiz mumkin.
</aside>