<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" /> Assalomu alaykum! Ushbu darsda bemorlar uchun mo‘ljallangan DMED mobil ilovasining "Akkaunt" bo‘limi bilan tanishamiz.

</aside>
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Mazkur bo‘lim profilingiz va ilova sozlamalarini boshqarish markazi hisoblanadi.
</aside>
Ekranning pastki qismida mahkamlangan paneldagi eng o‘ng tomondagi belgini bosib, "Akkaunt" bo‘limiga o‘tishingiz mumkin:

Bu bo‘limda quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin:
Bemor haqidagi ma’lumot kartochkasini bosish orqali QR identifikatsiya kodini ochish:

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> U, masalan, ro‘yxatga olish bo‘limida qabulga yozilish paytida tibbiy kartangizni topishni tezlashtirish uchun foydali bo‘lishi mumkin.
</aside>
Ilova tilini o‘zgartirish:

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> O‘zbek, rus va qoraqalpoq tillari mavjud.
</aside>
Bildirishnomalar kelishini boshqarish:

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> Tegishli holatga o‘tkazgichni sozlash orqali bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishingiz yoki yoqishingiz mumkin.
</aside>
"Mening sharhlarim" bo‘limida shifokor ko’rigidan keyin qoldirilgan mutaxassislar haqidagi fikr-mulohazalaringizni ko‘rish:

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> Mazkur bo’limda tekshiruvda bo‘lgan sharhlarni tahrirlashingiz yoki o‘chirishingiz mumkin.
</aside>
Farzandlaringiz profillarini hisobingizga biriktirish:


<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> Ushbu funksional bilan batafsil "Oilaviy akkaunt" darsida tanishib chiqishingiz mumkin.
</aside>
Telegramdagi bot orqali yoki call-markazga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish:

Xavfsizlik bo’limini ochib, quyidagi amallarni bajarish:

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> "Xavfsizlik" bo‘limiga kirish uchun avval avtorizatsiya paytida o‘rnatilgan PIN kodni kiritish kerak. Agar PIN-kod unutilgan bo‘lsa, "Unutdingizmi?" tugmasini bosish mumkin - keyin ilovaga qaytadan kirib, yangi PIN-kod o‘rnatishingiz lozim.

</aside>
Ilovaning haqida ma’lumot (versiyasi) bilan tanishish:

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> Bu yerda ommaviy oferta va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ofertasi kabi hujjatlar mavjud. Kerakli faylni bosish orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Bu yerda ilova versiyasi haqidagi ma’lumot ham aks ettiriladi (versiya haqidagi ma’lumot ilovada biror muammo yuzaga kelganda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilganingizda sizga foydali bo‘lishi mumkin).
</aside>
Akkauntdan chiqish uchun "Akkauntdan chiqish" tugmasini bosing va amalni tasdiqlang:

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> Zarur bo‘lsa, qaytadan tizimga kirishingiz mumkin, faqat avtorizatsiya jarayonidan yana o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
</aside>
Ushbu bo‘limda yana bir qo‘shimcha imkoniyat mavjud - akkauntlar orasida almashish. "Akkaunt" bo‘limi belgisini uzoq bosib turganda, oyna ochiladi. Bu oynada farzandingizning akkauntiga o‘tish yoki "Qo‘shish" tugmasini bosib, yangi farzand akkauntini qo‘shish imkoniyati mavjud:


<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Bolaning akkauntini biriktirish jarayoni bilan "Oilaviy akkaunt" darsi orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
</aside>
<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Tabriklaymiz! Siz "DMED bemorlar uchun" mobil ilovasida "Akkaunt" bo‘limi funksionali bilan muvaffaqiyatli tanishib chiqdingiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
</aside>