<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />

Ushbu darsda ambulator jarrohlikni qayd etish jurnalidagi o‘tkazilgan ambulator jarrohlik bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tanishamiz.

</aside>

2. Отчетность, журнал 069 уз.mp4

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />

Ambulator jarrohliklar hisoboti 069-sonli "Ambulator operatsiyalarni qayd etish jurnali"da aks ettiriladi. Ushbu jurnalni shifokor va direktor roliga ega foydalanuvchilar ko‘ra oladi. Direktor jurnalda, muassasadagi barcha shifokorlarning qabullarini ko’rish imkoniyatiga ega, shifokor esa faqat o‘zining qabulida bo‘lgan bemorlarni.

</aside>

Jurnalni ko‘rish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  1. Hujjatlar-jurnallar bo‘limiga o‘ting:

    image.png

  2. Shundan so‘ng bi.dmed.uz’ning alohida sahifasi ochiladi. “Dashbordlar” blokida “Hammasini ko‘rish” tugmasini bosing:

    image.png

  3. 069-sonli "Ambulator operatsiyalarni qayd etish jurnali”ni toping va unga bosing:

    image.png

  4. Jurnalda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

    1. Jarrohlik sanasi va vaqti
    2. Med ID
    3. Bemorning F.I.O.
    4. Tug’ilgan sana
    5. Jinsi
    6. Jarrohlik amaliyotidan oldingi tashxis
    7. Og‘riqsizlantirish
    8. Bajarilgan amaliyot
    9. Jarrohlik amaliyotidan keyingi tashxis
    10. Hodimning F.I.O.
    11. Amaliyotda qatnashgan hamshiraning F.I.O.

    image.png

  5. Jurnaldagi ma’lumotlarni sana, bemorlarning ismi-sharifi, yoshi va jinsi bo‘yicha saralash mumkin. Qo‘shimcha filtrlarda jarrohlikdan oldingi va keyingi tashxis, xodimning mutaxassisligi hamda ismi-sharifi asosida saralash imkoniyati mavjud. Filtrlarni sozlagandan so‘ng, "Qo‘llash" tugmasini bosish lozim:

    image.png

    Снимок экрана 2025-09-02 в 16.41.16.png

<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />

E’tiboringizni qaratamizki, 069-sonli Ambulator operatsiyalarni qayd etish jurnali avtomatik tarzda shakllantiriladi va undagi ma’lumotlar har kuni yangilanib boradi. Ya’ni, joriy kun uchun ma’lumotlarni ushbu jurnalda faqat keyingi kun ertalab ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

</aside>

<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />

Tabriklaymiz! Siz ambulator jarrohlikni qayd etish jurnalidagi o‘tkazilgan ambulator jarrohlik bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish jarayoni bilan muvaffaqiyatli tanishdingiz.

</aside>