<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />

Ushbu darsda biz bemorni bepul jonli (umumiy) navbat qabulga yozish jarayoni bilan tanishamiz.

</aside>

Бесплатная запись в живую очередь уз.mp4

  1. Avvalo, "Qabullar-Aktiv" bo‘limiga o‘tamiz va "Qabulga yozuvni yaratish" tugmasini bosamiz. Agar muassasangizda ham pullik, ham bepul xizmatlar mavjud bo‘lsa, bepul yozilish uchun "Bepul yozish" tugmasini bosing. Shunda qabulga yozilish oynasi ochiladi:

  2. Ochilgan oynada dastlab bemorni quyidagi usullardan biri orqali topish lozim:

    1. Hujjat bo‘yicha - kerakli hujjat turini (JSHSHIR, Pasport/ID-karta, metrika yoki MedID) tanlang, kerakli ma’lumotlarni kiriting va "Topish" tugmasini bosing. Muvaffaqiyatli qidiruvdan so‘ng, bemorning ma’lumotlari yozuv oynasida ko‘rsatiladi:

      • Agar bemorda DMED mobil ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa, u qr-kodni ochishi va sizga ko‘rsatishi mumkin, siz esa o‘z navbatida "Med ID skaner" tugmasini bosib, qr-kodni skanerlashingiz lozim. Bunday holda, bemorning ma’lumotlari avtomatik ravishda yozuv oynasida ko‘rsatiladi. Oldingi yozuv talonidan ham qr-kodni skanerlash orqali qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin:

      image.png

    2. MyID bo‘yicha - bu usul faqat bemor ilgari muassasangizga murojaat qilgan va suratga tushgan bo‘lsagina mavjud. "Bemorni suratga olish" tugmasini bosing - kamera oynasi ochiladi:

      <aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />

      E’tibor bering, bemorni suratga olishda u quyidagilarni bajarishi shart:

      • bosh kiyimini va ko‘zoynagini yechishi;

      • ko‘zlari ochiq holda kameraga tik qarashi;

      • yaxshi yoritilgan xonada bo’lishi. </aside>

      • Suratga olingandan so‘ng, bemorning ma’lumotlari yozuv oynasida ko‘rsatiladi:

    3. F.I.O. bo‘yicha - bu usul ham bemor avval sizning muassasangizga murojaat qilgan bo‘lishini talab etadi. Bunday holda, u haqidagi ma’lumotlar tizimda saqlanib qolgan bo‘ladi va qidiruv muvaffaqiyatli yakunlanadi. Agar bemorni bu usulda topish imkoni bo‘lmasa, hujjat bo‘yicha qidiruvdan foydalaning:

    4. “Chet ellik” - ushbu maydon chet el fuqarosini qidirish uchun mo‘ljallangan bo’lib, bunda pasport seriyasi va raqamini, mamlakatni ko‘rsatib, "Qidirish" tugmasini bosish lozim:

      • Agar bemor topilmasa, "Bemor topilmadi. Iltimos, bemorni ro‘yxatdan o‘tkazing" degan xabar chiqadi:

      • "Ro‘yxatdan o‘tkazish" tugmasini bosing. Chet ellik fuqaroni ro‘yxatdan o‘tkazish sahifasida quyidagi majburiy maydonlarni to‘ldiring:

        • Familiyasi

        • Ismi

        • Jinsi

        • Tug’ilgan sanasi

        • Pasport seriyasi va raqami

        • Mamlakati

        • Viloyat yoki shahar

      • Barcha maydonlar to’ldirilgandan so‘ng "Bemor qo‘shish" tugmasini bosing:

      • So‘ng qaytib "Topish" tugmasini bosing. Muvaffaqiyatli qidiruv natijasida bemorning ma’lumotlari yozuv oynasida aks ettiriladi:

  3. Bemor topilgandan so‘ng, yozuv oynasida uning ma’lumotlari ko‘rsatiladi: FIO, tug‘ilgan sanasi, MedID, JSHSHIR, tibbiyot muassasasiga biriktirilganligi va telefon raqami. Agar bemor oldin suratga tushmagan bo‘lsa, u holda "Surat" maydonida "Suratga olish" tugmasi paydo bo‘ladi. Agar surat oldindan mavjud bo‘lsa, tugma "Suratni yangilash"ga o‘zgaradi va bunday bemorni keyinchalik MyID orqali topish mumkin bo‘ladi:

  4. Agar bemor muassasaga biriktirilgan bo‘lsa, u holda "Biriktiruv" maydonida muassasa nomi, pastda esa uchastka nomi va oilaviy shifokorning ismi ko‘rsatiladi. Agar lozim bo‘lsa, bemorni muassasangizga qo‘lda biriktirishingiz mumkin: muassasa nomini bosing, bo‘lim va shifokorni tanlang va bemorni biriktiring. Agar bemor hali hech qanday muassasaga biriktirilmagan bo‘lsa, u holda "Biriktiruv" maydonida "Poliklinikaga biriktirish" yozuvi paydo bo‘ladi:

  5. Agar bemorning telefon raqami avvalroq profilda ko‘rsatilgan bo‘lsa, yozib olish oynasida avtomatik ravishda aks ettiriladi.

  6. Bemorni taklif etilgan usullardan biri orqali muvaffaqiyatli topganingizdan so‘ng, qabulga yozilish oynasining o‘ng qismidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga o‘ting.

  7. "Oldingi qabul" bo‘limida oldingi qabul haqidagi ma’lumotlarni batafsil ko‘rishingiz mumkin: tashrif sanasi, narxlar ro‘yxati, shifokorning to‘liq ismi va to‘lov holati. Agar qabul bepul bo‘lgan bo‘lsa, "Narxlar ro‘yxati" va "To‘lov holati" maydonlari chiziq bilan belgilanadi:

    <aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />

    Agar qabul 2025-yil 31-maydan keyin o‘tkazilgan bo‘lsa, "Oldingi qabul" bo‘limida u haqidagi ma’lumot ko‘rsatilmasligini eslatib o’tamiz!

    </aside>

  8. Bemorni biror shifokor qabuliga yozib qo‘yish uchun uni "Xodim" maydonidan toping. Xodimni ismi-sharifi, ofis raqami yoki mutaxassisligi bo‘yicha topish mumkin. E’tibor bering, ushbu maydonda tizimida, faqat "Shifokor" roli bo‘lgan foydalanuvchilar ko‘rsatiladi. Xodimni izlayotganingizda, qabul navbatidagi bemorlar sonini va shifokor bugun nechta talonni ko‘rib chiqqanini bilib olishingiz mumkin:

  9. Tugmachani "Jonli navbat" holatiga o’rnating:

    Снимок экрана 2025-08-28 в 11.06.02.png