<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Assalomu alaykum! Ushbu darsda biz bemorlar uchun mo‘ljallangan DMED mobil ilovasining bosh sahifasi funksionali bilan tanishamiz.

</aside>
Bemorlar uchun mo‘ljallangan DMED mobil ilovasining bosh sahifasi asosiy ma’lumotlar va tibbiy xizmatlarga tezkor kirish imkonini beradi.
Ushbu sahifaning boshida bemorning asosiy ma’lumotlari aks ettirilgan kartochka joylashgan:



Bemor haqidagi ma’lumotlar kartochkasi ostida muassasalar va shifokorlar bo‘yicha qidiruv maydoni joylashgan. U bosilsa, muassasalar va shifokorlar mavjud bo‘lgan sahifa ochiladi:

Muassasa yoki shifokorni izlash uchun qidiruv maydonini bosishingiz yoxud hudud va muassasaning ish yo‘nalishi bo‘yicha mavjud filtrlardan foydalanishingiz mumkin:

Parametrlarni tanlagandan so‘ng (zarur bo‘lsa, har bir filtrda bir nechta ko’rsatkichlarni tanlash imkoniyati mavjud) "Qo‘llash" tugmasini bosing. Filtrlarni bekor qilish uchun esa avval tanlangan parametrga qayta bosing.
