<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda bemorga boshqa tizimdan berilgan imtiyozli yo‘llanma (order) bilan, shifoxonaga rasmiylashtirish jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
Bemorni boshqa tizimdan order bo‘yicha shifoxonaga rasmiylashtirish uchun quyidagil amallarni bajaring:
"Shifoxona→Qabul bo’limi" ga o‘ting:
"+Bemorni rasmiylashtirish" tugmasini bosing yoki unga kursorni olib boring va "Birlamchi ko’riksiz" bandini tanlang:
Yo‘llanmasiz bemorni ro‘yxatga olish sahifasi ochiladi. Bu yerda bemorni taklif etilgan usullardan biri orqali toping: hujjat bo‘yicha (agar chet ellik bo‘lsa, "Chet ellik" bo‘limiga o‘tish zarur), FIO, MedID yoki MyID orqali:
So’ng quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
"Shifoxonaga yotqizish maqsadi" bo‘limida maqsadni tanlang. Bir nechta maqsadlarni tanlash mumkin, shuningdek "Boshqa" variantini tanlab, o‘z maqsadingizni kiritishingiz ham mumkin:
"Qabul qilish ma’lumotlari" bo‘limida kelish turini va transport turini ko‘rsating:
Bundan tashqari, bu yerda "Imtiyozli yo’llanma" maydoniga albatta belgi qo‘yish va "Buyurtma raqami" maydoniga boshqa tizimdagi yo’llanma raqamini kiritish shart. Bu raqam keyinchalik chop etilganda 003-shaklda aks etadi. Shuningdek, ochiluvchi ro‘yxatdan Nozologiya nomini tanlash lozim:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Order raqami boshqa tizimdan yuborilgan hujjatda ko‘rsatiladi:
</aside>
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
003-shakl chop etilgan nusxasida buyurtma raqamini aks etishi:
Ushbu shakl bemor shifoxonaga yotqizilgandan so‘ng uning kasallik tarixida aks etadi.
</aside>
Zarur hollarda, "Tashxislar (XKT-10)", "Qabul qilishda asosiy belgilari" va "Antropometriya" bo‘limlariga tegishli ma’lumotlarni kiriting:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Tashxisni ko‘rsatish majburiy bo‘lmasa-da, biz XKT-10 bo‘yicha asosiy tashxisni belgilashni tavsiya qilamiz. Bu tashxisni siz yo‘llanmada topishingiz mumkin. Shunday qilib, bemor shifoxonaga yotqizilganda, tashxis epikrizda o‘z aksini topadi.
Agar siz ushbu bosqichda "Qabul qilishda asosiy belgilari" va "Antropometriya" bo‘limlarini to‘ldirsangiz, ulardagi ma’lumotlar 003-shaklning titul varag‘iga avtomatik ravishda ko‘chiriladi.
</aside>
"Ambulator bemorning tibbiy kartasidan ko‘chirma" blokida siz qabul qilish epikrizida aks ettiriladigan qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatishingiz mumkin:
Keyingi blokda “Shifokorning telefon raqamini” va “favqulodda bog‘lanish uchun aloqa raqamni” kiritishingiz mumkin. Bundan tashqari, "Fayl qo‘shish" tugmasini bosib, qurilmangizdan faylni yuklash orqali uni biriktirish imkoniyatiga ham egasiz:
Keyin "Bemorni joylashtirish" blokini to‘ldiring:
Agar bemor bilan birga unga shifoxonada yotgan davrida qarab turuvchi vasiy bo‘lsa, "Vasiyga joy ajratish" imkoniyatini faollashtirish mumkin. Bunday holda, tanlangan palatada ikkita o‘rin band bo‘ladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
E’tibor bering: agar palatada faqat bitta joy bo‘sh bo‘lsa, vasiyni rasmiylashtirib bo’lmaydi.
</aside>
Barcha maydonlarni to‘ldirgandan so‘ng, "Bemorni rasmiylashtirish" tugmasini bosing:
Shundan so‘ng bemorning shifoxonaga yotqizilgani haqidagi ma’lumotlar sahifasi ochiladi:
<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Tabriklaymiz! Siz bemorni boshqa tizimdan order orqali shifoxonaga rasmiylashtirish jarayoni bilan muvaffaqiyatli tanishib chiqdingiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
</aside>