<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "030-sonli Dispanser hisobi jurnali"ni ko’rish jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
Просмотр журнала диспансерного учета (№030) уз.mp4
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Muassasada dispanser hisobida turgan va/yoki hisobdan chiqarilgan bemorlar haqidagi ma’lumotlar BI-tizimida ko‘rish mumkin bo‘lgan, avtomatik tarzda shakllantiriladigan "030-sonli Dispanser hisobi jurnali"da aks ettiriladi.
</aside>
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Shuni eslatib o‘tamizki, avtomatik tarzda shakllantiriladigan jurnallar har kuni bir marta yangilanadi. Ya’ni, xodim jurnalni ko‘zdan kechirganda o‘tgan kunning dolzarb ma’lumotlarini ko‘radi, bugungi kun ma’lumotlari esa ertasi kuni ertalab paydo bo‘ladi.
</aside>
Jurnalni ochish uchun:
“Hujjatlar” bo‘limiga o‘ting va "Jurnallar" kichik bo‘limini tanlang.
Brauzerda BI-tizimining alohida sahifasi - bi.dmed.uz ochiladi.
Bosh sahifadagi "Dashbordlar" bo‘limida mavjud jurnallarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rish uchun "Barchasini ko‘rish" tugmasini bosing.
Ro‘yxatdan 030-sonli jurnalni topib tanlang. Aynan shu jurnalda bemorlarni mazkur muassasada dispanser hisobiga qo‘yish va hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi.
Jurnalda quyidagi ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin:
Yozuvning tartib raqami (raqamlash har kuni yangidan boshlanadi)
Bemorning MED ID (tibbiy karta raqami);
Bemorning F.I.O.;
Tug’ilgan sanasi;
Amalda yashash manzili va ro‘yxatdan o’tgan manzili;
KXT-10 bo’yicha tashxis;
Kasallikning kechishi;
Hisobga olingan sana;
Hisobdan chiqarilgan sana;
Hisobdan chiqarish sababi;
Bemorning jinsi;
Izoh (kiritilgan bo’lsa);
Bemorni D-hisobga olgan xodimning F.I.O. va muassasa nomi
Bemorni D-hisobdan chiqargan xodimning F.I.O. va muassasa nomi
Jurnalda quyidagi filtrlar mavjud:
Sana
Bemorning F.I.O.
MED ID
Yoshi
Jinsi
Tashxis
Xodimning F.I.O.
Mutaxassis
Hisob holati
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Diqqat: Jurnaldagi ma’lumotlar xodimning lavozimiga qarab farqlanadi: