<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda hisoblar bilan bog‘liq operatsiyalar bilan tanishamiz.
</aside>
Hisob sahifasiga o‘tish uchun hisob raqamini bosing:
Agar bemor sizga chop etilgan to‘lov chekini taqdim etgan bo‘lsa, tizimda ushbu hisobni tezda topish uchun QR-kodni skanerlashdan foydalanishingiz mumkin:
Tegishli tugmani bosgandan so‘ng, skanerlash oynasi ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Skanerlash oynasini tezkor tugmalar yordamida ham ochishingiz mumkin. Buning uchun hisob sahifasida quyidagi tugmalar birikmasini bosing:
Skanerlangandan so’ng avtomatik ravishda hisob sahifasi ochiladi:
Hisob sahifasi uch qismdan tashkil topgan: hisob tafsilotlari, hisob o‘zgarishlari tarixi va to‘lovlar tarixi:
"Hisob tafsilotlari" bo‘limida bemor haqidagi ma’lumotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, qo‘llanilgan chegirmalar, to‘langan summa va to‘lanishi lozim bo‘lgan summa to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
To‘lovni qabul qilishdan oldin to‘lov chekini chop etish mumkin. Chop etish uchun “Chop etish” tugmasini bosing va termoprinter yoki A4 ni tanlang:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Shuningdek, chek chop etish sahifasini tezkor tugmalar yordamida ham ochish mumkin. Buning uchun hiso sahifasida quyidagilarni bosing:
Ctrl + Shift + 1 - termoprinter
Ctrl + Shift + 2 - А4 format </aside>
Ochilgan oynadan printerni tanlang va "Chop etish" tugmasini bosing:
termoprinter
Xizmatlar ro‘yxatida to‘lanishi kerak bo‘lgan xizmatlarni tekshiring. Agar biror xizmatni hozirda to‘lash shart bo‘lmasa, uning yonidagi belgini olib tashlash yoki ushbu xizmat sonini kamaytirish mumkin:
"To‘lovni qabul qilish" tugmasini bosing:
Bir yoki bir nechta to‘lov usulini tanlang va "To‘lovni amalga oshirish" tugmasini bosing:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Shuni e’tiborga olingki, bitta to‘lov usulini tanlasangiz, "Summa" maydoni avtomatik tarzda to‘ldiriladi. Bir nechta to‘lov usullarini tanlagan holda esa, har bir usul uchun "Summa" maydoni bo‘sh (0) qoladi va uni qo‘lda kiritishingiz talab etiladi.
</aside>
To‘lov amalga oshirilganidan keyin hisob holati "Qisman to‘langan" (agar hisob qisman to‘langan bo‘lsa) yoki "To‘langan" (agar hisob to‘liq to‘langan bo‘lsa) ga o‘zgaradi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Qisman to‘lov amalga oshirilganda "Chop etish", "Tahrirlash" (to‘lov shaklini) va "To‘lovni qabul qilish" tugmalari faol holatda bo’lib, "To‘lovni qabul qilish" tugmasi orqali to‘lovning qolgan qismini qabul qilish mumkin. Buning uchun to‘lov usulini tanlab, "To‘lovni amalga oshirish" tugmasini bosish kifoya:
</aside>
Har bir amalga oshirilgan to‘lov "To‘lovlar tarixi" blokida aks ettiriladi, unda to‘lovni qabul qilgan shaxsning F.I.O., to‘lov shakli, summasi (so‘m) hamda sana va vaqti ko‘rsatiladi:
To‘liq to‘lovdan so‘ng to‘lov usulini o‘zgartirish va to‘lov chekini chop etish imkoniyati mavjud:
Chekni chop etish uchun "Chop etish" tugmasini bosing va termoprinter yoki A4 ni tanlang:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Shuningdek, chek chop etish sahifasini tezkor tugmalar yordamida ham ochish mumkin. Buning uchun hiso sahifasida quyidagilarni bosing:
Ochilgan oynadan printerni tanlang va "Chop etish" tugmasini bosing:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Agar to‘lov cheki chop etilganda ajraladigan qismlar shakllanishi kerak bo‘lsa, DMED qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Bu qismlar "To‘langan" yoki "Qisman to‘langan" holatidagi hisob chop etilganda shakllanadi va chop etish "A4" formatida amalga oshirilishi lozim.
Agar hisob qisman to‘langan bo‘lsa (masalan, 2 ta xizmatdan faqat 1 tasi to‘langan bo‘lsa), tizim to‘langan xizmat uchun 3 ta ajraladigan qismni shakllantiradi. Agar keyinchalik o‘sha hisob bo‘yicha to‘liq summagacha qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilsa (ikkinchi xizmat), tizim yana 3 ta ajraladigan qismni shakllantiradi. Shunday qilib, ajraladigan qismlarning umumiy soni 6 ta bo‘ladi (har bir to‘lanadigan qismga 3 tadan).
Agar bemor 1 ta xizmat uchun bir necha usulda to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa, har bir to‘lov usuli uchun 3 tadan ajraladigan qism shakllantiriladi.
E’tibor bering, QR-skanerlash hali takomillashtirish jarayonida, hozir QR-kodni skanerlash paytida PayNet orqali to‘lovni amalga oshirish uchun sahifa ochiladi.
Ushbu funksiya yoqilganda, to‘liq va qisman to‘lov chekida har bir xizmat ostidagi bemor va shifokor imzolari uchun maydonlar ham ko‘rsatiladi. Imzo maydonlari har qanday chop etish usulida ko‘rsatiladi:
A4
termoprinter
</aside>
To‘lov shaklini o‘zgartirish uchun "Tahrirlash" tugmasini bosing:
"To‘lov shakli" maydonida kerakli to‘lov shaklini tanlang va "Saqlash" tugmasini bosing:
O‘zgartirishlar kiritilgandan so’ng ma’lumotlar yangilanadi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
E’tibor bering, agar smena boshlanmagan bo‘lsa, hisoblar bilan operatsiyalarni amalga oshirib bo‘lmaydi! Faqat chekni chop etish imkoniyati mavjud.
</aside>
<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
</aside>