<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "Kassa-Hisoblar" bo‘limining funksional imkoniyatlari bilan tanishamiz.
</aside>
"Buxgalter" roliga kirganingizdan so‘ng, "Kassa-Hisoblar" bo‘limini oching, shundan so‘ng yangi kassaga o‘ting:
"Hisoblar" kichik bo‘limida ko‘rsatilgan davrda bemorlarga taqdim etilgan barcha hisoblar aks ettiriladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> Hisoblar jadvalida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: hisob raqami, bemorning F.I.Sh., hisob yaratilgan sana va vaqt, narxlar ro‘yxati toifasi, summa, holat, to‘lovni qabul qilgan shaxsning F.I.Sh. hamda tashrif turi
</aside>
Kichik bo‘limning yuqori qismida yig‘ma ma’lumotlarga ega bo‘lgan bir nechta bloklar ko‘rsatiladi:
Muayyan hisobni topish uchun bemorning FIO, tibbiy karta raqami yoki hisob raqamini kiritish orqali qidiruv satridan foydalanish mumkin:
Shuningdek, hisoblar ro‘yxati va umumlashtirilgan ma’lumotlarni bir nechta filtrlar yordamida saralash mumkin:
Barcha filtrlarni asliga qaytarish uchun Filtlarni tiklash tugmasini bosing. Muayyan filtrni asliga qaytarish uchun filtr qarshisidagi belgini bosing:
Hisobni tezda topish uchun QR-kodni skanerlashdan foydalanishingiz mumkin:
Tegishli tugmani bosgandan so‘ng, skanerlash oynasi ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Skanerlash oynasini tezkor tugmalar yordamida ham ochishingiz mumkin. Buning uchun hisob sahifasida quyidagi tugmalar birikmasini bosing:
Skanerlash oynasi ochiq turgan vaqtda, xodim 2D skaner yordamida hisob-fakturaning chop etilgan nusxasidagi kodni skanerdan o‘tkazishi lozim:
Termoprinter
A4
Skanerlangandan so’ng avtomatik ravishda invoys sahifasi ochiladi:
Shuningdek, bu yerdagi ma’lumotlarni "Sana va vaqt" ustuni bo‘yicha (ro‘yxat boshida eski hisoblar, keyin yangilari yoki aksincha) hamda "Tashrif turi" ustuni bo‘yicha (ro‘yxat boshida ambulator, keyin statsionar yoki aksincha) saralash mumkin. Saralash uchun ustun nomini bosishingiz lozim:
Hisoblar bo‘yicha hisobotni yuklab olish uchun "Excel’ni yuklab olish" tugmasini bosing. Shundan so‘ng, hisobot shakllanishi boshlangani haqidagi xabar bilan oyna ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Muhim: Agar yuklab olishdan oldin filtrlar qo‘llanilgan bo‘lsa, excel faylida faqat tanlangan filtrlar bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
</aside>
Barcha yaratilgan hisobotlarni qurilmangizga "Hisobotlar" bo‘limidagi "Fayllar" qismidan yuklab olishingiz mumkin. "Kassa-Hisoblar" bo‘limidan hisobot yuklab olinganida, u "Kassa-hisob" nomi bilan shakllantiriladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Hisobot holati "Tayyor" bo‘lgach, uni yuklab olish tugmasini bosish orqali o‘z qurilmangizga yuklab olishingiz mumkin.
</aside>
Muayyan hisob ma’lumotlarini ko‘rish va u bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun hisob raqamini bosish lozim, shundan so‘ng hisob sahifasi ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Hisob bilan bog‘liq amallarni bajarish haqida alohida darsda batafsil ma’lumot berilgan.
</aside>
<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Tabriklaymiz! Siz "Kassa-hisoblar" bo‘limining funksional imkoniyatlari bilan tanishib chiqdingiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
</aside>