<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "Kassa-Hisoblar" bo‘limining funksional imkoniyatlari bilan tanishamiz.
</aside>
"Direktor" rolida tizimga kirgandan so‘ng, "Kassa-Hisob-fakturalar" bo‘limini oching. Shundan so’ng tizim yangi kassaning "Hisoblar" kichik bo‘limiga avtomatik ravishda o’tadi:
"Hisoblar" kichik bo‘limida ko‘rsatilgan davrda bemorlarga taqdim etilgan barcha hisoblar aks ettiriladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" /> Hisoblar jadvalida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: hisob raqami, bemorning F.I.Sh., hisob yaratilgan sana va vaqt, narxlar ro‘yxati toifasi, summa, holat, to‘lovni qabul qilgan shaxsning F.I.Sh. hamda tashrif turi
</aside>
Kichik bo‘limning yuqori qismida yig‘ma ma’lumotlarga ega bo‘lgan bir nechta bloklar ko‘rsatiladi:
Muayyan hisobni topish uchun bemorning FIO, tibbiy karta raqami yoki hisob raqamini kiritish orqali qidiruv satridan foydalanish mumkin:
Shuningdek, hisoblar ro‘yxati va umumlashtirilgan ma’lumotlarni bir nechta filtrlar yordamida saralash mumkin:
Barcha filtrlarni asliga qaytarish uchun Filtlarni tiklash tugmasini bosing. Muayyan filtrni asliga qaytarish uchun filtr qarshisidagi belgini bosing:
Hisobni tezda topish uchun QR-kodni skanerlashdan foydalanishingiz mumkin:
Tegishli tugmani bosgandan so‘ng, skanerlash oynasi ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Skanerlash oynasini tezkor tugmalar yordamida ham ochishingiz mumkin. Buning uchun hisob sahifasida quyidagi tugmalar birikmasini bosing:
Skanerlash oynasi ochiq turgan vaqtda, xodim 2D skaner yordamida hisob-fakturaning chop etilgan nusxasidagi kodni skanerdan o‘tkazishi lozim:
Termoprinter
A4
Skanerlangandan so’ng avtomatik ravishda invoys sahifasi ochiladi:
Shuningdek, bu yerdagi ma’lumotlarni "Sana va vaqt" ustuni bo‘yicha (ro‘yxat boshida eski hisoblar, keyin yangilari yoki aksincha) hamda "Tashrif turi" ustuni bo‘yicha (ro‘yxat boshida ambulator, keyin statsionar yoki aksincha) saralash mumkin. Saralash uchun ustun nomini bosishingiz lozim:
Hisoblar bo‘yicha hisobotni yuklab olish uchun "Excel’ni yuklab olish" tugmasini bosing. Shundan so‘ng, hisobot shakllanishi boshlangani haqidagi xabar bilan oyna ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Muhim: Agar yuklab olishdan oldin filtrlar qo‘llanilgan bo‘lsa, excel faylida faqat tanlangan filtrlar bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
</aside>
Barcha yaratilgan hisobotlarni qurilmangizga "Hisobotlar" bo‘limidagi "Fayllar" qismidan yuklab olishingiz mumkin. "Kassa-Hisoblar" bo‘limidan hisobot yuklab olinganida, u "Kassa-hisob" nomi bilan shakllantiriladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Hisobot holati "Tayyor" bo‘lgach, uni yuklab olish tugmasini bosish orqali o‘z qurilmangizga yuklab olishingiz mumkin.
</aside>
Muayyan hisob ma’lumotlarini ko‘rish va u bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun hisob raqamini bosish lozim, shundan so‘ng hisob sahifasi ochiladi:
Hisob sahifasi uch qismdan tashkil topgan: hisob tafsilotlari, hisob o‘zgarishlari tarixi va to‘lovlar tarixi:
Hisob sahifasida direktor hisobni chop etishi mumkin. Buning uchun "Chop etish" tugmasini bosib, termoprinter yoki A4 formatini tanlang:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Shuningdek, chek chop etish sahifasini tezkor tugmalar yordamida ham ochish mumkin. Buning uchun hiso sahifasida quyidagilarni bosing:
Ctrl + Shift + 1 - termoprinter
Ctrl + Shift + 2 - А4 format </aside>
Ochilgan oynadan printerni tanlang va "Chop etish" tugmasini bosing:
Termoprinter
A4
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Agar to‘lov cheki chop etilganda ajraladigan qismlar shakllanishi kerak bo‘lsa, DMED qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Bu qismlar "To‘langan" yoki "Qisman to‘langan" holatidagi hisob chop etilganda shakllanadi va chop etish "A4" formatida amalga oshirilishi lozim.
Agar hisob qisman to‘langan bo‘lsa (masalan, 2 ta xizmatdan faqat 1 tasi to‘langan bo‘lsa), tizim to‘langan xizmat uchun 3 ta ajraladigan qismni shakllantiradi. Agar keyinchalik o‘sha hisob bo‘yicha to‘liq summagacha qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilsa (ikkinchi xizmat), tizim yana 3 ta ajraladigan qismni shakllantiradi. Shunday qilib, ajraladigan qismlarning umumiy soni 6 ta bo‘ladi (har bir to‘lanadigan qismga 3 tadan).
Agar bemor 1 ta xizmat uchun bir necha usulda to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa, har bir to‘lov usuli uchun 3 tadan ajraladigan qism shakllantiriladi.
E’tibor bering, QR-skanerlash hali takomillashtirish jarayonida, hozir QR-kodni skanerlash paytida PayNet orqali to‘lovni amalga oshirish uchun sahifa ochiladi.
Ushbu funksiya yoqilganda, to‘liq va qisman to‘lov chekida har bir xizmat ostidagi bemor va shifokor imzolari uchun maydonlar ham ko‘rsatiladi. Imzo maydonlari har qanday chop etish usulida ko‘rsatiladi:
</aside>