<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda DMED tizimida shifoxonaga imtiyozli yo’llanma orqali yotqizish uchun nozologik guruhni yaratish va sozlash jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
5 Создание и настройка нозологической группы уз.mp4
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Nozologiyalarni tizimda direktor yoki buxgalteriya roliga ega foydalanuvchilar yaratishi yoki sozlashi mumkin.
</aside>
Sozlamalrni boshlashdan oldin tizimga imtiyozli bemorlar uchun narxlar ro‘yxati toifasi qo‘shilganligiga ishonch hosil qiling, masalan:
Toifa nomi sizning muassasangiz siyosatiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Agar imtiyozli toifa qo‘shilmagan bo‘lsa, DMED onlayn qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Shuningdek, xizmatlar sozlamalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Sug‘urta jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq nozologiya xizmatlari narxlari ko‘rsatilishi shart.
Nozologik xizmatlar narxlarini ko‘rsatish uchun:
"Buxgalteriya" bo‘limi, "Xizmatlar" kichik bo‘limiga o‘ting:
Kerakli xizmatni oching:
Sahifaning pastki qismida "Xizmatning yakuniy narxi" bo‘limini toping:
Imtiyozli toifa nomi yozilgan maydonchada (har bir muassasada nom turlicha bo‘lishi mumkin) xizmat narxini ko‘rsating. Narxni Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki sug‘urta jamg‘armasi tomonidan muassasangizga taqdim etilgan, turli nozologik guruhlarga kiruvchi xizmatlar ro‘yxati keltirilgan hujjatga muvofiq kiritish lozim:
Xizmatlarni sozlaganingizdan so‘ng, nozologik guruhni qo‘shish uchun "Buxgalteriya" → "Nozologiya" bo‘limiga o‘ting:
“Qo‘shish” tugmasini bosing:
Ochilgan oynada quyidagi shaklni to‘ldiring: