<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda bemorni pulli jonli (umumiy) navbat qabuliga yozish jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
Платная запись в живую очередь уз.mp4
Avvalo, "Qabullar-Aktiv" bo‘limiga o‘tamiz va "Qabulga yozuvni yaratish" tugmasini bosamiz. Agar muassasangizda ham pullik, ham bepul xizmatlar mavjud bo‘lsa, pulli yozilish uchun "Pulli yozish" tugmasini bosing. Shunda qabulga yozilish oynasi ochiladi:
Ochilgan oynada dastlab bemorni quyidagi usullardan biri orqali topish lozim:
Hujjat bo‘yicha - kerakli hujjat turini (JSHSHIR, Pasport/ID-karta, metrika yoki MedID) tanlang, kerakli ma’lumotlarni kiriting va "Topish" tugmasini bosing. Muvaffaqiyatli qidiruvdan so‘ng, bemorning ma’lumotlari yozuv oynasida ko‘rsatiladi:
MyID bo‘yicha - bu usul faqat bemor ilgari muassasangizga murojaat qilgan va suratga tushgan bo‘lsagina mavjud. "Bemorni suratga olish" tugmasini bosing - kamera oynasi ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
E’tibor bering, bemorni suratga olishda u quyidagilarni bajarishi shart:
bosh kiyimini va ko‘zoynagini yechishi;
ko‘zlari ochiq holda kameraga tik qarashi;
yaxshi yoritilgan xonada bo’lishi. </aside>
Suratga olingandan so‘ng, bemorning ma’lumotlari yozuv oynasida ko‘rsatiladi:
F.I.O. bo‘yicha - bu usul ham bemor avval sizning muassasangizga murojaat qilgan bo‘lishini talab etadi. Bunday holda, u haqidagi ma’lumotlar tizimda saqlanib qolgan bo‘ladi va qidiruv muvaffaqiyatli yakunlanadi. Agar bemorni bu usulda topish imkoni bo‘lmasa, hujjat bo‘yicha qidiruvdan foydalaning:
“Chet ellik” - ushbu maydon chet el fuqarosini qidirish uchun mo‘ljallangan bo’lib, bunda pasport seriyasi va raqamini, mamlakatni ko‘rsatib, "Topish" tugmasini bosish lozim:
Bemor topilgandan so‘ng, qayd oynasida uning ma’lumotlari ko‘rsatiladi: Tibbiy karta raqami, FIO, tug‘ilgan sanasi, JSHSHIR, Imtiyozli toifa va telefon raqami. Agar bemor ilgari suratga tushmagan bo‘lsa, hujjat yoki ism-sharif bo‘yicha muvaffaqiyatli qidiruvdan so‘ng, fotoapparat belgisi bilan tugmani bosing va bemorni suratga oling, shundan so‘ng uni MyID bo‘yicha qidirish mumkin bo‘ladi:
Agar bemor profilida telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lsa, u avtomatik tarzda aks etadi:
"Oldingi qabul" bo‘limida oldingi qabul haqidagi ma’lumotlarni batafsil ko‘rishingiz mumkin: tashrif sanasi, narxlar ro‘yxati, shifokorning to‘liq ismi va to‘lov holati. Agar qabul bepul bo‘lgan bo‘lsa, "Narxlar ro‘yxati" va "To‘lov holati" maydonlari chiziq bilan belgilanadi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Agar qabul 2025-yil 31-maydan keyin o‘tkazilgan bo‘lsa, "Oldingi qabul" bo‘limida u haqidagi ma’lumot ko‘rsatilmasligini eslatib o’tamiz.
</aside>
Xizmatlar narxini to‘g‘ri hisoblash uchun "Narxlar ro’yxati toifasi" maydonida kerakli variantni belgilang. Agar bemorning profilida avvaldan narxlar ro‘yxatining biron toifasi o‘rnatilgan bo‘lsa, maydon avtomatik tarzda to‘ldiriladi. Biroq, zarur bo‘lsa, siz toifani o‘zgartirishingiz mumkin. Bunday holda bemor profilidagi toifa ham o‘zgaradi. Agar narxlar ro’yxati toifasi maydonini bo‘sh qoldirsangiz, u holda maydonga avtomatik ravishda tizimga qo‘shilgan birinchi narxlar ro’yxati kiritiladi:
"Maslahat va boshqa xizmatlarga yozilish" blokida xizmatlar toifasi va kichik toifasini ko‘rsating:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Muhim: agar siz aniq mutaxassisni ko‘rsatgan bo‘lsangiz, xizmatlar ro‘yxatida faqat ushbu mutaxassis biriktirilgan xizmatlar ko‘rsatiladi. Mutaxassislarni xizmatlarga biriktirish Buxgalteriya-Xizmatlar bo‘limidagi direktor yoki buxgalteriya hisobi orqali amalga oshiriladi.
</aside>
So’ng xizmatlar ro‘yxatida kerakli xizmatlarni tanlab katakchaga belgi qo‘ying. Bitta kichik toifa doirasida bir vaqtning o‘zida bitta yoki bir nechta xizmatni tanlash mumkin.
Agar referal manba (bemorni tanlangan xizmatlarga yo‘naltirgan xodim) ma’lum bo‘lsa, uni tegishli maydonchada ko‘rsating. Bunday manbani F.I.Sh. yoki identifikator raqami orqali topishingiz mumkin:
So‘ngra tugmachani "Jonli navbat" holatiga o‘tkazing. Shundan keyin "Qabul yaratish" tugmasini bosing:
"Qabullar" bo‘limida tanlangan xizmatlar, narx, shifokor, sana va vaqt (vaqt ustunida bu holda chiziqcha qo‘yiladi) aks ettiriladi. Zarur bo‘lsa, yaratilgan qabulni bekor qilish belgisiga bosib bekor qilishingiz mumkin:
Yozuvni tugatish uchun "Qabulga yozdirish" tugmasini bosing. Shunda talonni chop etish va hisobni ko‘rish oynasi ochiladi:
Talonni chop etish uchun Chop etish tugmasini bosing, e’tibor bering, agar bemor bir nechta xizmatlarga yozilgan bo‘lsa, har biri uchun alohida talon chop etiladi:
Agar siz ushbu bosqichda hisobni ko‘rish yoki chop etishni istasangiz, talonni chop etishdan oldin "Hisob-faktura" tugmasini bosing:
Zarur hollarda, menejer quyidagi hisoblarga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin: