<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "Kassa - Kassirlar smenasi" bo‘limining funksional imkoniyatlari bilan tanishamiz.
</aside>
"Direktor" roliga kirganingizdan so‘ng, "Kassa-Hisob-Fakturalarlar" bo‘limini oching, shundan so‘ng yangi kassaga "Hisoblar" kichik bo‘limiga o‘ting:
Keyin yon menyudan "Kassirlar smenasi" bo‘limiga o‘ting:
Bu yerda barcha kassa smenalari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Ushbu ma’lumotlarni kassirning F.I.Sh.i, shuningdek, smenaning ochilish va yopilish sanasi bo‘yicha saralash mumkin:
Barcha filtrlarni asliga qaytarish uchun ”Filtlarni tiklash” tugmasini bosing. Muayyan filtrni asliga qaytarish uchun filtr qarshisidagi belgini bosing:
Smenalar ro‘yxatida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Smena raqami
Kassir
Ochilgan sana
Yopilgan sana
Operatsiyalar soni
Smena yakunida jami summa (so’m)
Smena raqamiga bosilganda, smena haqidagi batafsil ma’lumotlar aks etgan oyna ochiladi:
Kassirning F.I.O. va smena davri
smena ochilgan paytda kassadagi naqd pulning boshlang‘ich qoldig‘i (agar ko‘rsatilgan bo‘lsa)
agar smena boshiga izoh qo‘shilgan bo‘lsa, u ham ko‘rsatiladi
Shuningdek, qayta ishlangan hisob-fakutaralar soni, jami tushum miqdori (naqd-pul aylanmasi), qaytarimlar summasi, yakuniy daromad va to‘lov usullari bo‘yicha tushum summasining taqsimoti ham ko‘rsatiladi
agar smena yopilgan bo’lsa, "Hisobotni yuklab olish" tugmasi faol bo‘ladi.
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
E’tiboringizni shunga qaratamizki, qaytarishlar summasiga faqat kassir tomonidan depozit hisoblaridan amalga oshirilgan qaytarishlar qo‘shiladi.
</aside>
“Hisobotni yuklab olish” tugmasi bosilganda, hisobot shakllanayotgani haqida xabarnoma oynasi ochiladi. Tasdiqlash uchun "Tushunarli" tugmasini bosing.
Agar "Boshqa ko‘rsatilmasin" maydonchasi belgilansa, bu oyna keyingi yuklab olishlarda boshqa paydo bo‘lmaydi:
Yuqorida aytib o‘tilganidek, smenalar ro‘yxatida kassirning F.I.O., smena ochilgan va yopilgan sana to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Agar smena hali yopilmagan bo‘lsa, yopilish sanasi maydonida chiziqcha va qavs ichida "joriy smena" belgisi ko‘rsatiladi:
Shuningdek, bu yerda operatsiyalar soni (qavs ichida to‘lovlar va qaytarimlar miqdori ko‘rsatilgan) hamda smenadagi umumiy soni aks ettiriladi. Smena yakunlanganda, yuklab olish belgisi paydo bo‘ladi. Unga bosilgach, hisobot shakllantirishni tasdiqlash oynasi ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
E’tibor bering, 2 ta hisobotni ketma-ket yuklab olish mumkin emas, uni faqat 5 daqiqadan so‘ng yuklab olish mumkin:
</aside>
Eslatib o‘tamiz, hisobotni qurilmangizga "Hisobotlar-Fayllar" bo‘limida yuklab olish belgisini bosish orqali yuklab olishingiz mumkin:
<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Tabriklaymiz! Siz "Kassa-Kassirlar smenasi" bo‘limining funksional imkoniyatlari bilan muvaffaqiyatli tanishib chiqdingiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
</aside>