<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />

Ushbu darsda yurak-qon tomir kasalliklari erta aniqlash bo’yicha skrining o‘tkazish jarayoni bilan tanishamiz.

</aside>

YQTK skriningini o'tkazish uchun quyidagilar zarur:

  1. “Qabullarlar: Aktiv” bo'limida kerakli bemorni toping va uni qabulga taklif qiling:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 12.54.15.png

  2. Bemorning tibbiy kartasida ”Qabulni boshlash” tugmasini bosing:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 12.55.02.png

  3. 40 yoshga to'lgan bemorning tibbiy kartasida "Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini erta aniqlash uchun so'rov o'tkazish kerak" degan xabarnoma aks etadi:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 12.57.57.png

  4. YQTKX skriningi haqidagi bildirishnomada "O'tkazish" tugmasini bosing:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.00.18.png

  5. Shundan so'ng kerakli maydonlarni to'ldirish lozim bo’lgan sahifa ochiladi:

    image.png

  6. Barcha maydonlarni to'ldirgandan so'ng, "So'rovni yakunlash" tugmasini bosing:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.01.56.png

  7. Shundan so'ng skrining muvaffaqiyatli o’tkazilganligi haqida xabar paydo bo'ladi:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.02.41.png

  8. Shuningdek, skrining natijalari va tavsiyalar ham paydo bo'ladi:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.04.01.png

  9. So'rov tugallangandan so'ng, qolgan vaqtni ko'rsatgan xolda taymer yoqiladi, bu vaqt davomida siz so'rovnomani tahrirlashingiz mumkin:

    image.png

    <aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />

    E'tiboringizni shunga qaratamizki, tugallangan skriningga o'zgartirishlar faqat 24 soat ichida amalga oshirilishi mumkin!

    </aside>

  10. Skrining sahifasiga o'zgartirishlar kiritish uchun "Tahrirlash" tugmasini bosing:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.04.46.png

  11. Shundan so’ng so’rovnomaga kerakli o’zgartirishlarni kiriting va takroran yakunlang:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.06.34.png

  12. Bunday holda, taymer qayta o'rnatiladi va qayta hisoblash boshlanadi:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.07.00.png

  13. Bemorning tibbiy kartasiga qaytish uchun “Orqaga: Skrininglar” tugmasini bosing:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.07.43.png

  14. Skrining yakunlangandan so'ng, bemorning tibbiy kartasida skrining o’tkazish kerakligi haqidagi xabarnoma boshqa ko’rsatilmaydi:

    image.png

Tugallangan skriningni ko'rish yoki tugallangandan keyin 24 soat ichida unga o'zgartirishlar kiritish uchun quyidagilar kerak:

  1. Bemorning tibbiy kartasida "Skrininglar" bo'limiga o'ting va kerakli nomni bosing, bizning holatimizda bu "Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini tahlil qilish":

  2. Shundan so'ng, skrining natijalarini ko'rish sahifasi ochiladi. Agar skrining tugaganidan keyin 24 soat o'tmagan bo'lsa, uni "O’zgartirish" tugmasini bosish orqali tahrirlashingiz mumkin:

    Снимок экрана 2025-09-10 в 13.10.04.png

    <aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />

    Ammo 24 soat o'tgan bo'lsa, "O'zgartirish" tugmasi ko'rsatilmaydi!

    </aside>