<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "Mening bemorlarim" va "Biriktirilgan aholi" bo‘limlaridagi D-hisobida turgan bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tanishamiz
</aside>
Просмотр информации о Д-учете пациентов в МИС уз.mp4
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Tizimda D-hisobida turgan va mazkur muassasaga biriktirilgan bemorlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyati mavjud.
</aside>
Xodim "Bemorlar-Mening bemorlarim" bo‘limini ochib va tegishli filtrlardan foydalanib, dispanser hisobida turgan bemorlarning ro‘yxatini ko‘rishi mumkin:
D-ro’yxat
Hudud
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Muayyan hududdagi D-hisobda turgan bemorlar ro‘yxatini ko‘rish uchun “Hudud” bo‘yicha filtrdan foydalanish mumkin.
</aside>
Agar sizni bemorlarning aniq tashxis yoki tashxislar bo‘yicha hisobda turishi qiziqtirsa, buni D-ro’yxat filtrida ko‘rsatishingiz mumkin. Umumiy ma’lumot kerak bo‘lsa, D-hisob filtrida "D-ro’yxat mavjud" bandini tanlang. Shundan so‘ng ro‘yxatda D-hisobda turgan barcha bemorlar aks ettiriladi.
D-hisobda turgan bemorlar soni bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni "Tahlil - Biriktirilgan aholi" bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
D-hisobda turgan bemorlarning umumiy soni “D-ro’yxat” blokida aks ettiriladi.
Ushbu bo‘limdan bemorlarning umumiy ro‘yxatiga o‘tishingiz mumkin. Buning uchun "D-ro’yxat" blokidagi "O‘tish" tugmasini bosing, shundan so‘ng D-hisobot bo‘yicha oldindan avtomatik ravishda o‘rnatilgan filtr bilan "Mening bemorlarim" bo‘limi ochiladi.
Agar ushbu hisobotni biror uchastkaga biriktirilgan shifokor ko‘zdan kechirsa, u faqat o‘zining uchastkasiga tegishli ma’lumotlarnigina ko‘radi.
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Agar hisobotni biror uchastkaga biriktirilmagan direktor yoki shifokor ko‘rib chiqsa, ular muassasaga biriktirilgan va dispanser hisobida turgan barcha bemorlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘radilar.
Shuningdek, agar muassasaga biriktirilgan aholi bo‘lmasa, pullik asosda klinikaga murojaat qilgan barcha bemorlarni "Mening bemorlarim" bo‘limiga chiqarish imkoniyati mavjud. Bu funksiyani ulash uchun DMED qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
</aside>
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Tabriklaymiz! Siz "Mening bemorlarim" va "Biriktirilgan aholi" bo‘limlarida D-hisobida turgan bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish jarayoni bilan muvaffaqiyatli tanishdingiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
</aside>