<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun, skrining o‘tkazish jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
Проведение скрининга на рак МЖ в МИС уз.mp4
"Ko’krak bezi saratonini erta aniqlash skriningi"ni o‘tkazish uchun quyidagi amallarni bajaring:
"Qabullar- Aktiv" bo‘limida kerakli bemorni toping va qabulga taklif eting:
Bemorning tibbiy kartasida "Tekshiruvni boshlash" tugmasini bosing:
45, 47, 49, 51, 53, 55, 57, 59, 61, 63 va 65 yoshdagi ayol bemorlarning tibbiy kartasida "Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazish lozim" deya xabarnoma aks ettiriladi:
Xabarnomada joylashgan "O‘tkazish" tugmasini bosing:
Shundan so‘ng ochilgan sahifada so‘rovnomani to‘ldiring, har bir savolga "Ha" yoki "Yo‘q" javoblardan birini belgilang:
Barcha maydonlar to‘ldirilgandan so‘ng, "So‘rovnomani yakunlash" tugmasini bosing, shundan so‘ng skrining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani haqida bildirishnoma paydo bo‘ladi, shuningdek, ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfi darajasi avtomatik ravishda hisoblanadi - past, o‘rtacha yoki yuqori:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Diqqat: yakunlangan skrininga o‘zgartirishlar kiritish faqat uni to‘ldirgandan so‘ng 24 soat ichida mumkin. So‘rovnoma tugashi bilan tahrirlash uchun qolgan vaqtni ko‘rsatuvchi taymer ishga tushadi:
</aside>
Skrining sahifasiga o‘zgartirish kiritish uchun "O‘zgartirish" tugmasini bosing, kerakli tuzatishlarni kiriting va yana "So‘rovnomani yakunlash" tugmasini bosing: