<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "Kassa - Mening smenam" bo‘limining funksional imkoniyatlari bilan tanishamiz.
</aside>
"Mening smenalarim" kichik bo‘limida kassir o‘z smenalari ro‘yxatini ko‘rishi mumkin. Bu yerda smena raqami, ochilish, yopilish sanasi, tranzaksiyalar (to‘lovlar/qaytarishlar) soni va jami summa haqidagi axborot aks ettiriladi:
Agar smena yakunlangan bo‘lsa, yuklab olish belgisi ko‘rsatiladi:
Bu tugma bosilganda, hisobot shakllanayotgani haqida xabarnoma oynasi ochiladi. Tasdiqlash uchun "Tushunarli" tugmasini bosing.
Agar "Boshqa ko‘rsatilmasin" maydonchasi belgilansa, bu oyna keyingi yuklab olishlarda boshqa paydo bo‘lmaydi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Shuni yodda tutingki, 2 ta hisobotni ketma-ket yuklab olish mumkin emas, uni faqat 5 daqiqadan so‘ng yuklab olish mumkin:
</aside>
Yaratilgan hisobotni "Hisobotlar" bo‘limida, "Kassir amenasi" nomli "Fayllar" sahifasida topish mumkin:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Hisobot holati "Tayyor" bo‘lgach, uni yuklab olish tugmasini bosish orqali o‘z qurilmangizga yuklab olishingiz mumkin.
</aside>
Smena raqami bosilsa, smena haqida quyidagi batafsil ma’lumotga ega oyna ochiladi:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
E’tiboringizni shunga qaratamizki, qaytarishlar summasiga faqat kassir tomonidan depozit hisoblaridan amalga oshirilgan qaytarishlar qo‘shiladi.
</aside>
<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Tabriklaymiz! Siz "Kassa-Mening smenalarim" bo‘limining funksional imkoniyatlari bilan muvaffaqiyatli tanishdingiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
</aside>