<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "Mening bemorlarim" bo‘limida onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash so‘rovnomasidan o‘tgan bemorlarni natijasiga ko‘ra saralash, shuningdek, mazkur so‘rovnomadan hali o’tmagan bemorlar ro‘yxatini ko‘rish jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
Фильтрация пациентов по результатам опросника на онкогем забол уз.mp4
Yon menyuning "Bemorlar" bo‘limini oching va "Mening bemorlarim" bo‘limiga o‘ting:
Filtrlar panelidan "Onkogematologik so‘rovnoma"ni toping:
Bir yoki bir nechta kerakli parametrlarni tanlang:
Eslatib o‘tamizki, so‘rovnomani to‘ldirishda ikki yoki undan ortiq “Ha” javobi ko‘rsatilgan taqdirda, bemorga oilaviy shifokor maslahatini olish tavsiya etiladi. Bunday bemorlar ro‘yxatini filtrda tegishli parametrlarni tanlash orqali ko‘rishingiz mumkin:
Filtr qo‘llanilgandan so‘ng, sahifada skriningdan o‘tgan va filtrda belgilangan natijani olgan bemorlar ro‘yxati aks ettiriladi:
So‘rovnomadan o’tmagan bemorlarni ko‘rsatish uchun "Onkogematologik so‘rovnoma" filtrida "O‘tkazilmagan" parametrini tanlang:
Bundan tashqari, filtrlar panelida keltirilgan boshqa filtrlardan ham foydalanishingiz mumkin:
Faqatgina "Onkogematologik so‘rovnoma" filtrini bekor qilish uchun, kursorni filtr maydoniga olib boring va kerakli parametr qarshisidagi belgini (x) bosing yoki maydonning o‘ng burchagida joylashgan belgini bosib, ushbu filtrni to‘liq bekor qiling:
Barcha qo‘llanilgan filtrlarni bekor qilish uchun "Filtrlarni qayta tiklash" tugmasini bosing: