<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Assalomu alaykum Ushbu darsda retsept nima ekanligi, YaTAT DMEDda retseptlarning qanday turlari mavjudligi bilan tanishamiz va ularning har birining o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
.png)
</aside>
Retsept - bu dori vositasini yozma ravishda tayinlash huquqiga ega bo‘lgan tibbiyot xodimi (shifokor yoki feldsher) tomonidan berilgan ko‘rsatma. Bu rasmiy hujjat bo‘lib, farmatsevtga sizga qaysi dorini berish kerakligini, sizga esa uni qanday to‘g‘ri qabul qilishni ko‘rsatib beradi.
Hozirda O‘zbekistonda elektron retsept tizimi joriy etilmoqda. Bu yozma retseptlardan elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tishni anglatadi. Shifokor DMED yagona tibbiy axborot tizimida retseptni rasmiylashtiradi. Siz esa dorixonadan dori-darmonni olish uchun himoya kodini aytishingiz yoki DMED mobil ilovasidagi yoxud retsept talonidagi QR-kodni ko‘rsatishingiz kifoya. Bu yangi tizim dori-darmon olish jarayonini yanada qulayroq va xavfsizroq qiladi.
.png)
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Hozirda DMED EMIS tizimida shifokorlar bir necha turdagi retseptlarni - oddiy va reimbursatsion retseptlarni yozib berishlari mumkin. Bu turlarning har birini batafsil ko‘rib chiqamiz.
</aside>
<aside> <img src="/icons/link_blue.svg" alt="/icons/link_blue.svg" width="40px" />
Reimbursatsiya dasturiga kiritilgan kasalliklar va dorilar ro‘yxati bilan tanishish uchun havolani bosing — LINK
</aside>
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, retsept bemorga dorixonadan dori vositasini olish imkonini beruvchi, shuningdek, farmatsevt va bemor uchun ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat.
- Farmatsevt retseptni ko‘rib, aynan qaysi dorini berish kerakligini tushunadi, bemor esa aynan shu dori vositasini qanday qabul qilishi kerakligi haqidagi ma’lumotni ko‘radi.
- DMED YaTATda shifokor 2 xil retsept yozishi mumkin - oddiy va reimbursatsion.
- Oddiy retsept bemorga dorixonadan retsept bo‘yicha dori vositasini mustaqil sotib olish imkonini bersa, reimbursatsiya retsepti dori vositasini bepul olish imkonini beradi.
Keling, retsept talonining qanday ko‘rinishda ekanligini va unda nimalar aks ettirilganini ham ko‘rib chiqaylik. Quyidagi slaydda oddiy va reimbursatsion retseptlari talonlarining namunalari keltirilgan:
.png)