<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda "Shartnomalar" bo‘limining funksionali bilan tanishamiz.
</aside>
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
"Kassir" roli uchun faqat shartnomalarni tuzish va chop etish imkoniyati mavjud. Shartnomani o‘chirish zaruriyati tug‘ilganda, "Direktor" yoki "Buxgalter" roliga ega bo‘lgan xodimga murojaat qilish lozim.
</aside>
"Shartnomalar" bo‘limiga o‘tish uchun yon menyudan "Shartnomalar" tugmasini bosing:
Bo‘limda bemorlar bilan tuzilgan barcha shartnomalar ro‘yxati keltirilgan:
Kerakli shartnomani bemorning F.I.O. yoki MED ID orqali topish mumkin. Bundan tashqari, bu yerdagi ma’lumotlarni shartnoma turi va tuzilgan sanasi bo‘yicha saralash imkoniyati mavjud:
Shartnoma kiritish uchun "Shartnoma qo’shish" tugmasini bosing:
Ochilgan oynada bemorni qidirish uchun hujjat turini tanlang. Agar bemor chet el fuqarosi bo‘lsa, "Chet ellik" tugmasini bosing:
Barcha maydonlar to‘ldirilgandan so‘ng, "Qo‘shish" tugmasini bosing:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
Shuni e’tiborga olingki, tug‘ilgan sanasi noma’lum bo‘lgan bemorlarni (XX.XX.YYYY / 00.00.YYYY) hozircha faqat MED ID orqali topish mumkin. Bunday bemorlarni JSHSHIR yoki pasport ma’lumotlari orqali hozircha topish imkoni mavjud emas.
Agar "Shartnoma turi" maydonida sizga kerakli shartnoma mavjud bo’lmasa, DMED onlayn qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling va shartnoma shablonini taqdim eting.
</aside>
Shartnoma qo‘shilgandan so‘ng, shartnoma ro‘parasidagi printer belgisini bosish orqali shartnomani chop etish mumkin:
Ochilgan oynada printerni tanlang va "chop etish" tugmasini bosing: