<aside> <img src="/icons/priority-low_blue.svg" alt="/icons/priority-low_blue.svg" width="40px" />
Ushbu darsda “Kasalxona/Qabul bo‘limi”da shaxsi noma’lum bemorni rasmiylashtirish jarayoni bilan tanishamiz.
</aside>
Tizimda yo‘llanmaning uchta turi mavjud:
Noma’lum bemorni rasmiylashtirish uchun “Kasalxona/Qabul bo‘limi” da “Bemorni rasmiylashtirish” tugmasi ustiga olib boring va “Birlamchi ko‘rik bilan” bandini tanlang.

Shundan so‘ng “Qabul bo‘limidagi ko‘rik” sahifasi ochiladi. Bu yerda barcha majburiy maydonlar to‘ldiring.
Avvalo bemorni topish zarur. Bemorni qidirish uchun 5 ta yorliq mavjud:
<aside> <img src="/icons/info-alternate_blue.svg" alt="/icons/info-alternate_blue.svg" width="40px" />
“Noma’lum bemor” yorlig‘i og‘ir ahvolda yoki hushsiz holda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz olib kelingan bemorlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday holatda “Noma’lum bemor” yorlig‘ini bosing. Shundan so‘ng tizim quyidagi xabarni ko‘rsatadi: “Agar bemorning shaxsi ma'lum bo'lmasa, yangi epizod yarating.”

</aside>
Ochilgan oynada “+Yangi epizod” tugmasini bosing:

Shundan so‘ng "Dastlabki ko‘rik" sahifasi ochiladi, unda quyidagilarni to‘ldirish lozim:
Murojaat epizodi
Dastlabki ko‘rik - zarurat tug‘ilganda qo‘lda yoki shablonlar yordamida to‘ldirish mumkin (shablonlarni blokdan tanlash yoki bloknot belgisini bosish orqali bevosita yaratish mumkin):

Zarur bo‘lsa, “Fayllar” bo‘limiga “Hujjat qo‘shish” tugmasi yordamida fayllarni yuklashingiz mumkin:

Epizoddagi tashxislar (XKT-10):

Bemorga qilingan xarajat (agar bemorni rasmiylashtirish vaqtida biror dori-darmon yoki sarflanuvchi vositalar ishlatilgan bo‘lsa, “Bemorga uchun xarajat” blokidagi “Yaratish” tugmasini bosing):

Shundan so‘ng "Xarajatlarni qo‘shish" sahifasi ochiladi, u yerda mahsulot nomini tanlash, chiqarish shaklidagi miqdorini yoki dozadagi miqdorini, omborni, yaroqlilik muddatini va seriyasini ko‘rsatish kerak. Agar qabul pullik bo‘lsa, "Hisob yaratish" tugmasini faollashtiring, mahsulot shoshilinch sarflanganda esa "Favqulodda xarajat" maydoniga belgi qo‘ying. Shuningdek, "+Qo‘shish" tugmasi yordamida qo‘shimcha mahsulotlarni qo‘shish mumkin. Barcha maydonlar to‘ldirilgandan so‘ng, "Saqlash" tugmasini bosing:

Qo‘shilgan sarf mahsulotni tahrirlash, o‘chirish yoki hisobdan chiqarish mumkin.
Barcha kerakli bloklar to‘ldirilgach, “Ko‘rikni yakunlash” tugmasini bosing:

Tugmani bosganingizdan so‘ng, quyidagi savol bilan oyna ochiladi:

“Лщэкшлтш yakunlash” tugmasi bosilsa, “Noma’lum bemor” “Qabul bo‘limi”ning “Tugallangan teskshiruvlar” sahifasiga o‘tkaziladi:

Agar "Kasalxonaga yotqizish" tugmasini bossangiz, "Bemorni yo‘llanmasiz rasmiylashtirish" sahifasi ochiladi, u yerda barcha zarur maydonlarni to‘ldirishingiz kerak:
"Kasalxonaga yotqizish maqsadi" blokida chek-boks yordamida maqsadni tanlash lozim. Shu bilan birga, bir nechta maqsadlarni tanlash imkoniyati mavjud - bir vaqtning o‘zida quyidagi variantlardan bir nechtasini tanlash mumkin:
Diagnostika
Maslahat
Davolash
Ko’rik
D-nazorat
Tug’ruq
Boshqa (agar "Boshqa" tanlansa, to‘ldirish uchun qo‘shimcha maydon paydo bo‘ladi):

"Qabul qilish ma'lumotlari" bo‘limida quyidagilarni to‘ldiring:
Kelish turi
Transport turi
Imtiyozli yo’llanma (imtiyozli yo’llanmani belgilasangiz, ikkita qo‘shimcha maydon paydo bo‘ladi: Order raqami, Nozologiya nomi):

"Tashxislar (XKT-10) " blokida quyidagilarni tanlang:
Faqat bitta asosiy tashxis tanlanishi mumkin, qolganlarida esa bir nechta tashxisni tanlash imkoniyati mavjud:

Qabul qilish paytidagi hayotiy ko‘rsatkichlar
Antropometriya
Shifokorning aloqa raqami
Favqulodda aloqa raqami:

Bemorni joylashtirish blokida quyidagi maydonlarni to‘ldirish majburiy:

So‘ng “Bemorni rasmiylashtirish” tugmasini bosing (agar bu vaqtga kelib bemor haqidagi ma’lumotlar ma’lum bo‘lsa, uni “Bemorga biriktirish” mumkin bo‘ladi):